Forish tumanida Rossiyaning «Atomstroyeksport» shirkati bilan hamkorlikda qurilishi rejalashtirilgan kichik quvvatli atom stantsiyasini joylashtirish sxemasi tasdiqlandi. Barcha ishtirokchilarning kichik quvvatli AES qurilishi loyihasini amalga oshirishga tayyorligi bildirildi.
Oʻzbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlik koʻrsatishga va vaziyatning yanada yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun diplomatik muloqotga ustuvorlik berishga chaqirdi.
Surxondaryo viloyatida Telegram’dagi “istoriya”siga “Iroq va Shom islom davlati” (IShID)ning qora bayrogʻi koʻringan videoni joylagan 18 yoshli yigit 3 yilga qamaldi.
Prezident Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi. Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Ukraina bilan strategik resurslarni birgalikda qazib olish boʻyicha kelishuvga erishgandan soʻng, AQSh Markaziy Osiyoni nodir qazilmalarni olish uchun navbatdagi muhim hudud sifatida koʻrmoqda.
Ular poytaxtning Yunusobod tumani hududida elektr tokning tayanch ustunlariga “Rossiyadagi ish. Haftasiga 1000 dollar. Bizga Telegram'dan yoz” koʻrinishidagi QR kodli yozuvlarni yopishtirib chiqqan.
Turkiya milliy razvedka xizmati (MİT) oʻtgan yil sentyabrь oyida Istanbul aeroportida Livanga yuborilishi kerak boʻlgan hamda ichlariga portlovchi modda joylashtirilgan 1 300 ta peyjer va 710 ta quvvatlagichdan iborat yukni musodara qilgan.
Uzbekistan Airways 13–28 may kunlari davomida “Haj-2025” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga qoʻshimcha charter yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshiradi. Ziyoratchilar Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridan Madinaga etkaziladi. Ushbu bosqichda 6 267 nafar ziyoratchi haj safarini amalga oshirishi koʻzda tutilgan.
Yaqindagina Istanbulda sodir boʻlgan 6.2 balli zilzila turklarda kuchli vahima uygʻotdi. Bu hodisadan keyin turk xalqi masjid va bogʻlarda chodirlar ichida jon saqladi. Xoʻsh, qadimgi Usmonli tarixida ham bunday zilzilalar sodir boʻlganmi? Keling, bugun shu haqda gaplashamiz.
Kuni kecha Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmonov Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malьginov bilan uchrashuvda Rossiyada oʻzbekistonlik mehnat muhojirlariga nisbatan qoʻpol muomala va huquqlar buzilishi holatlari koʻpaygani yuzasidan oʻz xavotirini bildirdi.