Joriy yilning 27 aprelь kuni Rossiya MDH mamlakatlari instituti xodimi va tarixchi Andrey Grozin Ostonaga etib kelgach, Qozogʻiston hududiga kirishiga ruxsat berilmadi. Garchi u aprelь oxirida bir qancha tadbirlarda ishtirok etish uchun rasmiy taklif olgan boʻlsa-da, uning Qozogʻistonga kirishi taqiqlangan shaxslar roʻyxatida ekani maъlum qilindi.
Anqara kelgusi 5 yil ichida Turkmaniston gazini Kaspiy dengizi tubidan oʻtuvchi quvur orqali Turkiyaga olib kelishni rejalashtirmoqda. Turkiya prezidentining aytishicha, Turkmanistondan birinchi gaz tranziti shu yil 1 martdan Eron hududi orqali amalga oshirilib, hozirga qadar 250 million kub metr tabiiy gaz etkazib berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan hindistonlik 1-kurs talabasi taъlim sifati pastligi va oʻqituvchilarning ingliz tilida erkin gaplasha olmasligidan shikoyat qilgani aks etgan xabar tarqaldi. Uning aytishicha, oliygohda asosiy tibbiy fanlar etarlicha oʻqitilmayapti, darslar bekor qilinishi yoki qisqarishi odatiy holga aylangan.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari ayni paytda ham jadal davom etayotganini maъlum qildi. Qayd etilishicha, barcha ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, emlash ishlari olib borilgan, guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirilgan, safar oldidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etilgan va barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan.
2021 yildan buyon Buxoroda arab tilidan dars berib kelgan Sherzod Joʻraev Peshku tumani sudi tomonidan Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (MJTK)ning 94-241va 34-moddalari (noqonuniy diniy taъlim berish)da aybli deb topilib, 7 sutkaga qamaldi. Bundan tashqari unga 1 mln 875 ming soʻm miqdorida jarima jazosi ham tayinlangan.
AQSh rasmiylari prezident Shavkat Mirziyoevga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari boʻlgan 131 kishini deportatsiya qilish boʻyicha amaliyotni tashkil etgani va moliyalashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Markaziy osiyoliklarni olib qaytayotgan reys Vashington va Toshkent oʻrtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Shinjon mintaqaviy qoʻmitasi kotibi Ma Sinьtszyuy bilan uchrashdi. Unda Oʻzbekiston–Xitoy munosabatlari oʻzaro ishonch asosida rivojlanib, keng koʻlamli strategik hamkorlik bosqichiga oʻtayotgani maъlum qilingan.
“Navoiy” EIZ direktori Habib Abdullaevning Sputnik'ga maъlum qilishicha, loyihaning umumiy qiymati 30 million dollarga baholanmoqda. Birinchi samolyot 2025 yil oktyabrь oyida chiqarilishi rejalashtirilgan.
Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida nogironligi bor bolalarni maktabga olib borish uchun imtiyozli taksi xizmati sinov tarzida yoʻlga qoʻyildi. Loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) va Yandex Uzbekistan hamkorligida amalga oshirilmoqda.
AQSh rasmiylari prezident Shavkat Mirziyoevga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari boʻlgan 131 kishini deportatsiya qilish boʻyicha amaliyotni tashkil etgani va moliyalashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Markaziy osiyoliklarni olib qaytayotgan reys Vashington va Toshkent oʻrtasidagi kelishuv doirasida amalga oshirilgan.