Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirligi koʻra, elchiga amaliyotning huquqiy asoslari va fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish sabablari yuzasidan tushuntirish berish talab qilingan. Shuningdek, asossiz kuch ishlatish holatlari tasdiqlansa, masъul xodimlarga chora koʻrish soʻralgan.
Maъlumotlarga koʻra, zilzila oqibatida Rasht va Tojikobod tumanlarida jami 94 ta turar joy binosi va bitta maktab jiddiy shikastlangan.
Milliy statistika qoʻmitasi maъlumotiga koʻra, 37.7 mlnga etgan Oʻzbekiston aholisining 56 foizi — 21,1 mln kishi mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat. Bu esa mehnat bozori va iqtisodiy faollik uchun muhim hisoblanadi.
Turkiyada Politsiya Tashkilotining 180 yilligi oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Istanbuldagi Ayub Sulton jomeъ masjidida Mavludi sharif marosimi boʻlib oʻtdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning maъlum qilishicha, mamlakat mudofaa vazirligi va milliy kompaniyalari Qoʻshma Shtatlardan umumiy qiymati 20 milliard dollarga teng harbiy mahsulotlar va butlovchi qismlar xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Qozogʻistonda yadroviy ilm-fanni rivojlantirish strategik maqsadlardan biri sifatida belgilandi. Prezident Toqaev mamlakat atom energetikasi, yadroviy tibbiyot, vodorod energetikasi va sunъiy yoqilgʻi ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga alohida eъtibor qaratmoqda.
Oʻzbekiston Evroosiyo Taraqqiyot Banki (EOTB)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi. Mazkur hujjatni Prezident Shavkat Mirziyoev imzoladi.
Fargʻona viloyati Toshloq tumanida Xitoyning Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan metallurgiya zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda.
Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakat Gʻazo sektoridan 1000 nafar yarador va etim bolani vaqtincha qabul qilishga tayyor ekanini maъlum qildi. Hozirda prezident Yaqin Sharqqa yoʻl olgan boʻlib, u mintaqa etakchilari bilan Gʻazodagi inqirozni hal qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqda.
Rossiya bosh ravvini Berl Lazar Toshkentda ikki kunlik rasmiy tashrifda boʻldi.