Nьyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida Suriyaning yashil, oq va qora rangli, uchta qizil yulduz tasvirlangan yangi bayrogʻi rasmiy ravishda koʻtarildi. Ushbu marosimda Suriyaning tashqi ishlar vaziri Asad ash-Shayboniy ishtirok etdi.
Rosiyada uch oʻsmir Egorevskdagi masjidga oʻt qoʻyishda gumonlanmoqda. Tergov fikricha, bungacha ular Rossiyada taqiqlangan millatchi ekstremistik guruh — "Milliy-sotsializm/Oq kuch” ga qoʻshilgan.
Falastin rasmiylari jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, zudlik bilan insonparvarlik koridorini ochishni talab qildi. 55 kunlik blokada natijasida 52 nafar falastinlik ochlik va etarli oziqlanishning yoʻqligi tufayli shahid boʻlgan, ularning 50 nafari bolalardir.
Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, 59 yoshli general-leytenant Yaroslav Moskalik Moskva viloyatining Balashixa shahrida avtomobilь portlashi oqibatida halok boʻldi.
BAAning Dubay shahrida Oʻzbekiston fuqarolaridan tashkil topgan ikki guruh oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Bu haqda tarqalgan xabarlarda mojaro pichoqbozlik bilan yakunlangani, natijada guruhlardan birining etakchisi halok boʻlgani aytilgan.
Kucha tunda Pokiston armiyasi tomonidan Jammu va Kashmirdagi nazorat chizigʻi boʻylab Hindiston chegara postlariga oʻq uzildi. Oʻz navbatida, Hindiston askarlari ham javob oʻqi bilan harakat qilgan. Hozircha qurbonlar haqida maъlumot berilmagan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Gʻazoga gumanitar yordam olib kirish 50 kundan buyon toʻliq toʻxtaganini maъlum qildi. Uning taъkidlashicha, isroil ochlikni falastinliklar uchun jazo va bosim vositasi sifatida qoʻllamoqda
Ispaniya hukumati isroil* okkupatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan Guardian Homeland Security S.A. kompaniyasi bilan qiymati 6 million evrodan oshgan oʻq-dorilar etkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomani rasman bekor qildi. Mazkur bitim Ispaniya fuqarolik gvardiyasi uchun 15 milliondan ortiq oʻq xarid qilishni koʻzda tutgan edi.
Donald Tramp Ukraina boʻyicha davom etayotgan muzokaralar samara bermasa, Qoʻshma Shtatlar ushbu jarayondan chiqishni koʻrib chiqishi mumkinligini maъlum qildi. Unga koʻra, kelgusi ikki hafta ichida muhim kelishuvga erishilmasa, Vashington muzokaralardagi ishtirokini toʻxtatadi.
Pokiston hukumati Hindistonga ochiq tahdidlar yoʻllab, bu davlat hududidagi mintaqalardan birini “yoʻq qilib tashlash”ga tayyorligini aytdi. “Pokiston Hindiston hukmronligini tan olmaydi va hech qachon qoʻrqitishga boʻysunmaydi” — Mudofaa vazirligi