«Chegara bilmas muxbirlar» tomonidan chop etilgan reytingda «Dunyo boʻylab soʻz erkinligi eng past darajaga etgani» maъlum qilindi. Reytingga koʻra, 180 mamlakat va hududdan 90 tasida ommaviy axborot vositalari xodimlarining ahvoli «qiyin» yoki «juda jiddiy» deb tan olingan.
Islomofobiyaga qarshi Evropa hamjamiyatining 2024 yilgi hisobotiga koʻra, koʻhna qitъada islomofobiya qurbonlarining aksariyati roʻmolli ayollar boʻlib qolmoqda. Ushbu masala ayniqsa oʻta millatchi siyosatchilar tomonidan tez-tez koʻtarilmoqda.
Suriya hukumati Frantsiyaning yirik xalqaro kema tashish kompaniyasi — CMA CGM bilan Lazzoqiya portini rekonstruktsiya qilish va boshqarish boʻyicha 30 yilga moʻljallangan kelishuvga erishdi. Loyihaning umumiy qiymati 230 million evroni tashkil etadi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Papa kiyimidagi sunъiy intellekt orqali yaratilgan suratini X'dagi (Sobiq tvitter) sahifasiga joylashtirdi. Papa Frantsisk vafotidan atigi 11 kun oʻtib eъlon qilingan ushbu surat koʻplab tanqidlarga sabab boʻldi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari ayni paytda ham jadal davom etayotganini maъlum qildi. Qayd etilishicha, barcha ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, emlash ishlari olib borilgan, guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirilgan, safar oldidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etilgan va barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hindiston Tashqi savdo bosh boshqarmasi rasmiy qarori asosida Pokistondan tovarlar importi va tranzitiga nisbatan zudlik bilan kuchga kiruvchi taqiq joriy etildi. Aytilishicha, ushbu choralar milliy xavfsizlik va davlat siyosati manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan boʻlib, ular keyingi rasmiy bildirishlargacha amal qiladi.
Ukrainada ayni paytda rus tilida taъlim olayotgan yoki uni chet tili sifatida oʻrganayotgan oʻquvchilar soni bor-yoʻgʻi 345 nafarni tashkil etmoqda. Maъlumotlarga koʻra, 2021–2022 yillarda bu koʻrsatkich qariyb 100 ming nafar boʻlgan.
Hindistonning Goa shtatida joylashgan Shirgaon ibodatxonasi yaqinida oʻtkazilgan diniy marosim chogʻida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida kamida olti kishi halok boʻldi, 50 dan ortiq ziyoratchi tan jarohati oldi.
AQSh qurolli kuchlari Suriyaning sharqiy qismidagi eng yirik neft bazalari — Dayr az-Zor viloyatida joylashgan “Umar” va “Konoko” harbiy obektlaridan bosqichma-bosqich chiqib ketishni boshladi.
“Eronning uzoq masofali raketalar yaratishga hech qanday ishonchli ehtiyoji yoʻq, agar bu yadroviy qurol ishlab chiqish rejasi bilan bogʻliq boʻlmasa. Uranni 3,67% gacha boyitish imkoniyati mavjud boʻlsa, uni 90% darajaga etkazish masalasi atigi haftalarga boradi. Bu esa yadroviy qurol degani” — AQSh Davlat kotibi Marko Rubio.