Bahrayn oʻzining ilk milliy sunъiy yoʻldoshi Al-Munzirni muvaffaqiyatli orbitaga uchirdi. Bu nafaqat ilmiy yutuq, balki qirollikning kosmik sohadagi yangi davrini boshlab beruvchi tarixiy voqea sifatida eъtirof etilmoqda.
Belgradda yarim millionga yaqin fuqaro koʻchaga chiqdi. Sabab – halokatli fojia, korruptsiya va infratuzilma muammolari. Hukumat bosim ostida: bosh vazir isteъfoga chiqdi, ammo namoyishchilar prezident Vuchichning ham ketishini talab qilmoqda. Serbiya siyosiy inqiroz yoqasida.
Yamanda keskinlik yanada avj olmoqda. Husiylar AQSh va Britaniyaning Sano viloyatiga qilgan havo hujumiga keskin javob qaytarishni maъlum qildi. Ular bu hujumni harbiy jinoyat deb baholab, Yaman xalqi oʻz pozitsiyasidan chekinmasligini taъkidlashdi. Geosiyosiy maydonda vaziyat yanada taranglashmoqda.
Ofsted — Angliya taъlim standartlari boʻyicha masъul organga ilk bor musulmon rahbar tayinlandi. Hamid Patel endilikda mamlakat maktablarini inspektsiya qilish va taъlim rivojlanishini strategik rejalashtirishni nazorat qiladi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish butun dunyo boʻylab musulmonlarga nisbatan murosasizlik va nafrat keskin kuchayib borayotganini taъkidladi. U onlayn platformalarni nafrat va taъqiblarga qarshi keskin chora koʻrishga chaqirdi. Hisobotlarga koʻra, soʻnggi haftalarda Islomofobiya bilan bogʻliq jinoyatlar Buyuk Britaniya, AQSh, Hindiston va boshqa davlatlarda rekord darajaga etgan.
Qirgʻiziston va Tojikiston toʻliq kelishuvga erishib, nazorat-oʻtkazish punktlari qayta ochildi, aviaqatnovlar tiklandi. Ozarbayjon va Armaniston ham tinchlik shartnomasining barcha bandlari boʻyicha murosaga keldi. Bu kelishuvlar mintaqada barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
AQShning Yamanning Sano viloyatiga uyushtirgan zarbalari oqibatida kamida toʻqqiz nafar tinch aholi vakili halok boʻldi va yana toʻqqiz kishi jarohat oldi. Tramp maъmuriyati geosiyosiy muvozanatni izdan chiqarishga intilmoqda. Vaziyat esa jiddiylashib boryapti.
AQShning Kolumbiya universiteti rahbariyati Falastinni qoʻllash maqsadida oʻtkazilgan norozilik aktsiyasida ishtirok etgan talabalarni oʻqishdan chetlatdi. Sanktsiya qoʻllangan talabalar soni aniq ochiqlanmagan.
AQSh prezidenti Donalьd Tramp maъmuriyati 43 ta davlat fuqarolari uchun mamlakat eshiklarini yopishni rejalashtirmoqda. Bu davlatlar uchta toifa – «qizil», «toʻq sariq» va «sariq»qa boʻlinadi. Oʻzbekiston ushbu roʻyxatda qayd etilmagan.
Eronning yadroviy dasturi boʻyicha muhim uchrashuv Pekinda boʻlib oʻtdi. Xitoy, Rossiya va Eron diplomatlari AQSh sanktsiyalariga qarshi chiqib, Tehronga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishni talab qilmoqda. Bu uchrashuv global kuchlar muvozanatiga qanday taъsir qiladi?