Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Noʻъmon Qurtulmush Kipr masalasida Markaziy Osiyo davlatlarining pozitsiyasidan Anqara chuqur ranjiganini bildirdi. Spikerga koʻra, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Shimoliy Kiprda elchixona ochmagan, boshqa ayrim Markaziy Osiyo mamlakatlari esa Kipr bilan aloqalarni qoʻshni davlatlardagi elchilar orqali olib bormoqda.
Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida joylashgan "Russkiy dom" xodimi Natalьya Sekerina tergov hisbxonasidan qoʻyib yuborildi. U Rossiya armiyasiga noqonuniy yollash bilan shugʻullanganlikda ayblanib, Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi tomonidan ushlangan edi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga elektron sigaretalarni va ular uchun suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan maъqullangan.
2022 yildan buyon kamida 1110 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, Rossiya-Ukrina urushida ishtirok etdi. Bu haqda Ukrainaning “Xochu jitь” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi maъlum qildi.
Qozogʻiston hukumati mamlakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida har bir viloyatda hududiy mudofaa brigadalarini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qildi. Ayni paytda bu tashabbus Rossiya bilan chegaradosh hududlarda izchil amalga oshirilmoqda — 20 ta brigadaning 8 tasi aynan shu yoʻnalishda joylashtiriladi.
Maъlumotlarga koʻra, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda urushda qatnashishga daъvat qiluvchi varaqalarning suratlari tarqatilmoqda. Ushbu bukletlarda Rossiya Mudofaa vazirligi va uning aloqa maъlumotlari koʻrsatilgan.
Qozogʻiston shaharlarida 9 may kuni Rossiyaning “Oʻlmas polk”iga oʻxshash yurishlar oʻtkazishga ruxsat berilmadi. Rasmiy xabarlarda aytilishicha, mamlakatning eng yirik shahri — Olmaota maъmuriyati tadbirni oʻtkazishdan bosh tortgan.
Boku Qozogʻiston bilan birgalikda Tel-Aviv neftь ehtiyojining 60 foizdan ortigʻini taъminlab kelmoqda. Bu koʻrsatkich 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazo va Livandagi shafqatsiz harbiy harakatlari tufayli yanada oshdi. Buning evaziga Isroil Ozarbayjonni zamonaviy qurollar bilan taъminlaydi. Bu qurollar Bokuning 2020 va 2023 yillardagi urushlarda Armaniston ustidan zafar quchishida muhim rol oʻynadi.
2025 yilning dastlabki uch oyida 198,1 ming nafar bola tugʻilgan. Bu 2022 yildan buyon eng kam koʻrsatkich hisoblanadi. Statistika qoʻmitasi hisobotida keltirilishicha, oʻtgan chorakda 41,4 ming oʻlim qayd etilgan. Bu ham 2022 yildan buyon eng yuqori koʻrsatkich.
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bunga munosabat bildirdi.