Oldinroq, Frantsiyadagi masjidda 20 yoshli yigit pichoqlangani haqida xabar bergandik. Voqeadan soʻng Frantsiya matbuoti ichki ishlar vaziri Bruno Retayoni musulmonlarga qarshi nafratni qoʻzgʻatishda va qotillikka kech munosabat bildirganlikda ayblamoqda.
Yamandagi “Ansor Alloh” harakati nazoratidagi “Al-Masira” telekanalining xabar berishicha, AQSh harbiy samolyotlari 27 aprel, yakshanba kuni Sano shahrining Bani Haris tumanidagi Sukban mahallasini bombardimon qildi.
Gap shundaki, ayol kofe quyqumi suratini ChatGPTga yuborib, undan fol ochib berishini soʻragan. Natijada, sunъiy intellekt erining boshqa bir yosh ayol bilan yaqin munosabatda ekanini va oilaning buzilishi xavfi borligini bildirgan. Bunga ishongan ayol erini uydan haydab chiqarib, ajrashishga qaror qilgan.
Frantsiya Hindistonga 26 ta Dassault Rafale qiruvchi samolyotlarini etkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi. Nьyu-Dehli qiruvchilarni 2030 yilgacha qabul qilishi kutilmoqda.
HAMAS tomonidan taklif etilgan rejaga koʻra, sulh muddati davomida isroil* armiyasi Gʻazo sektoridan toʻliq chiqarilishi, mintaqada mahalliy boshqaruv tizimini yaratish uchun maxsus qoʻmita tashkil etilishi lozim edi. Buning evaziga HAMAS barcha garovga olingan shaxslarni bir yoʻla ozod etishga rozi boʻlgan.
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan ingliz tilida soddalashtirilgan uslubda oʻzbek tilini noldan oʻrgatuvchi "Uzbek Language: Complete Self-Study Guide in 22 Lessons" nomli qoʻllanma chop etildi. Aytilishicha, mazkur kitob hozirda Misrdagi kutubxonalar, oʻzbek tilini oʻrganayotgan Qohira universiteti talabalari orasida tarqatilmoqda.
Donald Tramp Saudiyaga yirik miqdorda qurol-texnika sotish boʻyicha shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Uning Saudiya, BAA va Qatar boʻylab safari 13–16 may kunlari boʻlib oʻtadi. Tashrif davomida qurol-texnika boʻyicha bitimlardan tashqari, Tramp Saudiya tomoni bilan isroil* oʻrtasida diplomatik aloqalarni normallashtirishga erishishni koʻzlamoqda.
Tailand Mudofaa vaziri Fumtam Vechayachay uygʻurlar Xitoyga topshirilgani ortidan xavfsizlik xodimlarining AQShdan viza ololmagani haqidagi mish-mishlarni inkor etdi. Unga koʻra, mamlakat delegatsiyasida xavfsizlik xizmati vakillari yoʻq edi va ular Pekin bilan muzokaralarda ishtirok etmagan.
Shu yilning 1 mayidan boshlab, Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulot va xizmatlar “Halol” belgisi bilan tamgʻalanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida maъlum qilindi.
Xabarga koʻra, qotillik islomofobiya asosida sodir etilgani tahmin qilinmoqda. Jinoyat sodir etilgan paytda masjidda faqat jabrlanuvchi va qotil boʻlgan. Kuzatuv kameralarida gumonlanuvchining haqoratli soʻzlar aytayotgani aniqlangan.