Aytilishicha, isroil* armiyasi Gʻazo aholisini ataylab va tizimli ravishda nishonga olib, ularni qasddan oʻldirmoqda. Mavjud maъlumotlarga koʻra, harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 18 mingdan ortiq bola va 12,4 mingdan ziyod ayol halok boʻlgan.
Kioto shahridagi Wind Willa mehmonxonasi isroil* fuqarosidan roʻyxatdan oʻtish jarayonida harbiy jinoyatlarga aloqador boʻlmaganligini tasdiqlovchi tilxat yozib berishni talab qildi. Aytilishicha, voqea isroillik mehmon pasportini registratsiya boʻlimida taqdim qilganida yuz bergan.
Pokiston Mudofaa vaziri Havaja Muhammad Asifning bayonotiga koʻra, Rossiya va Xitoy Hindiston nazorati ostidagi Jammu va Kashmir shtatining Pahalgam hududida sodir boʻlgan terakt boʻyicha xalqaro tergov jarayoniga qoʻshilishi mumkin. Vazirning taъkidlashicha, Islomobod harbiy toʻqnashuvni boshlash niyatida emas, biroq, agar Hindiston keskinlikni kuchaytirsa, Pokiston bunga munosib javob qaytaradi.
Xitoy Filippin yaqinida joylashgan bahsli orolni oʻz hududi sifatida eъlon qildi. Orol maydoni 200 kvadrat metrdan biroz kattaroq boʻlgan qumli qirgʻoqdan iborat. Xalqaro huquq meъyorlariga koʻra, bunday orol atrofida 22 kilometrlik hududiy suvlar ustidan suverenitetni taъminlash huquqini beradi.
Rasmiy xabarlarga koʻra, port hududidagi yongʻin hali ham toʻliq bartaraf etilgani yoʻq. Kuchli portlash va olov natijasida havo sifati keskin yomonlashgan. Shu bois mahalliy hokimiyat barcha maktablarni vaqtincha yopish haqida qaror qabul qildi.
Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi Oʻzbekiston, Tojikiston va yana oʻnga yaqin davlat fuqarolari uchun elektron viza xizmatlari vaqtincha toʻxtatilganini maъlum qildi. Ayni paytda onlayn portal orqali elektron viza olish imkoni toʻsib qoʻyilgan.
Eron janubida joylashgan Bandar-Abbos shahridagi, Islom Inqilobi Gvardiyasi Korpusining asosiy dengiz bazasi joylashgan hududda kuchli portlash sodir boʻldi. Maъlumotlarga koʻra, hodisa natijasida toʻrt kishi halok boʻlgan, 516 kishi jarohat olgan. Bir nechta binolar esa jiddiy zarar koʻrgan.
Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi, ammo yarimorol unga oʻtib ketishiga Barak Obama aybdor. Bu gaplar AQSh prezidenti Donald Trampning Time jurnaliga bergan intervyusidan olingan. AQSh etakchisi urushni 24 soat ichida toʻxtatish haqidagi vaъdasini "hazil" va "mubolagʻa" deb atagan.
Yaqinlashib kelayotgan Haj mavsumi oldidan ziyoratchilar oqimini tartibga solish boʻyicha saъy-harakatlar doirasida Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi viza muddati tugaganlarni "qattiq jazoga tortilishi"dan ogohlantirdi. Qonunni buzganlarga 13 ming dollargacha jarima solinishi mumkun.
Oq uy rahbari isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot chogʻida Gʻazo sektoriga oziq-ovqat va dori-darmon etkazib berishga ruxsat berishini soʻradi. Trampning aytishicha, isroil tomoni bu murojaatni yaxshi qabul qilgan.