Kvetta shahrida «Jamiat Ulamoi-Islom» etakchisi muftiy Abdul Boqiy Nurzay nomaъlum shaxslar tomonidan otib oʻldirildi. Oxirgi oylarda islom olimlariga qarshi suiqasdlar koʻpaygani maъlum qilinmoqda. Hukumatdan esa, tezkor choralar koʻrish talab etilmoqda.
Ukraina armiyasi katta yoʻqotishlarga uchrab, strategik hududlarni boy berdi. Putin Kurskda harbiy rahbarlar bilan uchrashib, Ukraina qoʻshinlariga faqat ikki tanlov qolganini maъlum qildi: taslim boʻlish yoki toʻliq tor-mor etilish. Rossiya qoʻshinlari hujumni davom ettirib, viloyatdagi soʻnggi qarshilik nuqtalarini yoʻq qilmoqda. Hozir Kursk Ukraina uchun yoʻqotilgan frontga aylandi.
HAMAS harakati Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu hukumati Gʻazo sektorida harbiy harakatlarni qayta boshlaganini keskin qoralab, bu harakatni “genotsid urushi” deb atadi. Bayonotda xalqaro tashkilotlar zudlik bilan chora koʻrishi talab qilindi. HAMAS shuningdek, isroilning kelishuvni buzgani uchun javobgarlikka tortilishi va Gʻazo sektoridan bosqinchi kuchlar zudlik bilan olib chiqilishi kerakligini taъkidladi.
Isroil armiyasi Gʻazoga keng koʻlamli zarbalarni qayta boshladi. Hujumlar 200 dan ortiq odamning umriga zomin boʻldi, qurbonlar orasida bolalar ham bor. Oq uy bu operatsiyalarni qoʻllab-quvvatlab, Isroil harakatlari Vashington bilan muvofiqlashtirilganini tasdiqladi. “Jahannam eshiklari ochiladi”, deya tahdid qildi AQSh maъmuriyati vakili.
Evropa Ittifoqi va qator davlatlar Suriyani tiklash uchun katta mablagʻ ajratmoqda. Oziq-ovqat, sogʻliqni saqlash va taъlimga yoʻnaltirilgan milliardlab evro insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan.
Hindiston kuch ishlatar tuzilmalari Kashmirda Qurъon va hadis toʻplamlarini musodara qilmoqda. Huquq himoyachilari va xalqaro tashkilotlar bu harakatni inson huquqlarini qoʻpol buzish deb baholadi. Kashmirliklar esa bu choralarni din va madaniyatni yoʻq qilishga qaratilgan tartibbuzarlik sifatida koʻrmoqda.
Evropa va Kanadada Amerika mahsulotlariga nisbatan boykot tobora avj olmoqda. Isteъmolchilar McDonald's, Tesla va WhatsApp kabi brendlardan voz kechib, mahalliy mahsulotlarni qoʻllab-quvvatlashga oʻtishmoqda. Shuningdek, AQSh kompaniyalari bilan yangi shartnomalar tuzish mutlaqo toʻxtatilgan.
Gʻazoda qonli qirgʻin davom etayotgan bir paytda, qator arab davlatlari Isroil bilan savdo aylanmasini keskin oshirdi. Rasmiy bayonotlarda Falastinga hamdardlik bildirilsa-da, amaliy jihatdan munosabatlar tobora mustahkamlanmoqda.
Janubiy Koreyada 17 nafar fuqaro bir vaqtning oʻzida Islomni qabul qildi. Ular masjidda maxsus kurslarni tugatib, soʻng, shahodat kalimasini aytdilar. Koreyada musulmonlar soni oshib bormoqda, ular orasida mashhur qoʻshiqchi va bloger Dovud Kim ham bor.
Yaman Qurolli Kuchlari Qizil dengizda AQShning USS Harry Truman avia tashuvchi kemasi va uning eskort kemalariga qarshi yirik hujum uyushtirganini eъlon qildi. Bu harakat Vashingtonning Yamanga qarshi havo zarbalaridan keyingi javob sifatida baholanmoqda. 18 ta ballistik va qanotli raketalar, dronlar va dengiz boʻlinmalari orqali amalga oshirilgan ushbu hujum mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Yaman armiyasi barcha Amerika harbiy kemalarini nishonga olishni davom ettirishini maъlum qildi.